“Uber” avstraliyalik taksi operatorlari va haydovchilarining kompaniya mamlakatda ish boshlaganida daromadlarini yo‘qotganini haqidagi da’vosini hal qilish uchun $178 mln to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Inc.ru” nashri xabar berdi.

Jamoaviy da’vo 2019-yilda Viktoriya shtati Oliy sudiga 8000 dan ortiq taksi va ijaraga olingan avtomobil egalari va haydovchilari nomidan kiritilgan.

U “Uber"ni taksilar va ijaraga olingan avtomobillarni litsenziyalashni talab qiluvchi qonunlarni buzganlikda ayblaydi.

Da’voga ko‘ra, “Uber” 2012-yilda litsenziyaga ega taksi haydovchilaridan daromad olib, ular to‘lagan litsenziyalar qiymatini yo‘q qilib, bozorga kirgan.

Qonun 2015-yilda qayta ko‘rib chiqilib, “Uber"ga taksi litsenziyasisiz ishlash imkonini berdi va hukumat litsenziya egalari uchun kompensatsiya mexanizmini yaratdi.

“Uber” vakili kompaniya 2018-yildan beri taksilar uchun davlat darajasidagi kompensatsiya sxemalariga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini aytdi.


Avvalroq “Spot” “Apple” kanadalik iPhone foydalanuvchilariga ham tovon puli to‘lashi haqida yozgandi.

Bunga iPhone’ning eski batareyalar bilan ishlashi ataylab sekinlashtirilgani sababli berilgan da’vo arizasi sabab bo‘lib, har bir mijoz uchun to‘lov $17,50dan $150gacha bo‘lishi mumkin.