“Unilever” 7500 nafar xodimini qisqartiradi va muzqaymoq ishlab chiqarishni alohida biznesga aylantiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.

Kompaniyaing ta’kidlashicha, qisqartirishlar asosan ofis xodimlariga ta’sir qiladi.

“The Guardian” nashrining yozishicha, xalqaro guruhda 128 ming kishi ishlaydi. Ulardan 6000tasi Buyuk Britaniyada, u yerda Unileverning bosh qarorgohi joylashgan.

2025-yil oxiriga kelib, kompaniya muzqaymoq bo‘limini (Ben & Jerry’s, Magnum, Carte d’Or, Cornetto, Wall’s va boshqalar brendlari) mustaqil biznesga aylantiradi.

“Barclays” moliyaviy konglomerati tahlilchilari aktivni 17 mlrd yevroga baholamoqda.

2023-yilda uning umumiy aylanmasi 7,9 mlrd yevroni tashkil etdi — bu butun guruh aylanmasining 10%idan ortig‘ini tashkil etadi, deb yozadi “NYT”.

Kompaniya boshqaruvi bo‘linmaning o‘zi bo‘linishdan keyin ko‘proq operatsion va moliyaviy moslashuvchanlikni oladi, deb hisoblaydi.

O‘z navbatida, “Unilever” ko‘proq diqqat markazida bo‘ladi, chunki u to‘rtta biznes guruhini — go‘zallik, shaxsiy parvarish, maishiy parvarish va ovqatlanishni boshqaradi.

Uning brendlari orasida: “Dove”, “Axe”, “Rexona”, “Domestos”, “Cif”, “Knorr”, “Hellmann's” va boshqalar bor.

Bu korxonalarda bir-birini to‘ldiruvchi operatsion modellar mavjud, ammo muzqaymoq butunlay boshqacha, deb xulosa qildi boshqaruv kengashi.

Gap ta’minot zanjirlari, tarqatish kanallari va savdo nuqtalari haqida bormoqda. O‘zlashtirilgan biznes ham mavsumiylikka bog‘liq va ko‘proq kapital talab qiladi.


Avvalroq “Spot” “PayPal” 2500 nafar xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Ishdan bo‘shatishlar kompaniya samaradorlikka e’tiborini kuchaytirishi, avtomatlashtirishni kengaytirishi va texnologiyalarni birlashtirishi uchun sodir bo‘lmoqda.