Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat delegatsiyasi a’zolari Leypsig shahridagi “Avestos” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Qashqadaryoda professional kasb-hunar maktabini tashkil etish loyihasini muhokama qildi. Loyiha tajriba-sinov tarzida nemis o‘quv dasturlari va texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.
Maktabda nemis tili va kasb-hunar jumladan, mashinasozlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Germaniyada xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida dual tizim asosida o‘qib ham ishlayotgan yoshlar bilan ushrashuv o‘tkazildi.
Germaniyaga ishga ketuvchilar uchun til talablari yengillashtirilishi mumkin. Mamlakatdagi 1000dan ortiq shifoxonalarda yetishmayotgan tibbiyot xodimlari o‘rnini O‘zbekiston to‘ldirishga tayyorligini bildirdi.
Fevral oyi boshida o‘zbekistonliklar Germaniyadagi 50 mingta bo‘sh ish o‘rniga ishga taklif etildi. Unda hamshiralik, yuk avtomobili haydovchisi, mehmonxona, restoran hamda turizm kabilar sohalar bor edi.