Rossiya Markaziy banki ikkinchi marta asosiy stavkani yillik 16% darajasida qoldirdi.
Hozirgi inflyatsiya bosimi asta-sekin zaiflashmoqda, ammo yuqoriligicha qolmoqda, deyiladi Rossiya banki bayonotida.
Keyingi inflyatsiya darajasi qanday bo‘lishini aytishga hali erta. Misol uchun, tovarlar narxining o‘sishi “sezilarli darajada” sekinlashdi, lekin xizmatlar uchun u tezlashdi.
Regulyatorning fikriga ko‘ra, ichki talab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatidan “sezilarli darajada” oshib ketishda davom etmoqda, shuning uchun inflyatsiya bosimi saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, mehnat bozorining “qattiqligi” yana kuchaydi.
Regulyator 1-aprel kuni Markaziy bankda asosiy stavka bo‘yicha qaror muhokamasi yakunlari bo‘yicha xulosani e’lon qiladi.
Rossiya bankining stavka bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 26 aprelga rejalashtirilgan, bu vaqtda Markaziy bankning yangilangan o‘rta muddatli makroprognozi taqdim etiladi.
Avvalroq “Spot” Yaponiya Markaziy banki asosiy stavkani 17 yil ichida birinchi marta oshirgani haqida yozgandi.
Bungacha mamlakat regulyatori kreditlash va iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun stavkalarni noldan past darajada ushlab turgandi.