Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari

Mazkur ipoteka kreditini olishda fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biz bu bozorda professionallarni qoldiramiz — qozog‘istonlik restorator O‘zbekistonda muassasa ochish haqida

“The Chef Group” asoschisi va bosh direktori Artyom Marchenko “Spot"ga Toshkentda restoran ochishdagi qiyinchiliklar, yangi biznes tashkil etishiga nima sabab bo‘lgani, O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlari qanday farq qilishi va biznes-rejalar nima sababdan ish bermasligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Cheklov kiritilishi bo‘yicha aniq fikr aytishga hali erta” — Raqobat qo‘mitasi BYD elektromobillari importini cheklash bo‘yicha

Qo‘mita holatni o‘rganib chiqib, takliflar berilishini hamda muvozanatli qaror qabul qilinishini bildirdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Ishtirokchilarga 10 ming yevro miqdorida stipendiya ajratilib, transport xarajatlari qoplab beriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Xitoyning “Zeekr” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishini ma’lum qildi.
    Mazkur kompaniya premium aqlli elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
  2. Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.
    Fevralda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari o‘rtacha 0,34%ga, to‘liq ta’mirlanganlari esa o‘rtacha 0,13%ga kamaygan.
  3. Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.
    Barqarorlik reytingida yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga xorijiy ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Endi pensiyalar miqdorlari inflyatsiya darajasining o‘sish sur’atlari asosida oshirib boriladi.
    Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilish huquqi berildi.
  5. Prezident “BYD” elektromobillari importini tartibga solishni topshirdi.
    Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda mazkur avtotransport vositalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga ko‘maklashadi.
  6. Kripto-birja va kripto-do‘konlar uchun yig‘imlar miqdori oshirilmoqda.
    Endilikda kripto-birja faoliyati uchun 251,6 mln so‘m, kripto-do‘kon uchun esa 62,9 mln so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.
  7. “Humo Air” iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplash talablarini bajarmoqda — Raqobat qo‘mitasi.
    Shundan kelib chiqib loukoster aviakompaniyaga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmagan.
  8. Raqobat qo‘mitasi “UNG Petro"ni xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvni o‘rganmoqda.
    Qo‘mita yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini sotishning qonuniyligini tahlil qilib, qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda chora ko‘radi.
  9. 1-iyuldan skuter va mopedlar uchun davlat raqamlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
    2025-yildan boshlab umumiy foydalanishdagi yo‘llarda ro‘yxatdan o‘tmasdan skuter va mopedlarda harakatlanish taqiqlanadi.
  10. O‘zbekistonda mayning-pul faoliyati qanday amalga oshiriladi? Asosiy qoidalar.
    Mayning-pul platformasida kripto-aktivlar savdosi, ularni ayirboshlash hamda anonim qazib olish taqiqlanadi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

“Safia"ning Yaponiyaga safari qanday o‘tdi — yorqin taassurotlar va asosiy xulosalar

Toyota Engineering o‘quv markazida taʼlim, Chatеraise fabrikasiga safar va Kaydzen falsafasiga chuqur sho‘ng‘ish — Safia qandolatchilik uyi ishchi guruhi Yaponiyaga safaridan olgan taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.