SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan O‘zbekistondagi tijorat banklarining mobil ilovalari reytingida ANORBANK birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Reyting tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mobil ilovalarini baholash mezoniga asoslangan. Ro‘yxatni tuzishda 2024-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, Google Play hamda App Store ilovalari foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar hisobga olindi. 96,09 ball bilan ANORBANK ilovasi birinchi o‘rinni egalladi va “AAA — Ideal” reytingini qo‘lga kiritdi.

ANORBANK raqamli tijorat banki bo‘lib, unda barcha xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Bankning mobil ilovasi orqali mijozlar keng turdagi moliyaviy xizmatlarni tez va oson amalga oshirishlari mumkin. Foydasi tegishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar talaygina.

Kartalar

Bank mijozlari ilovada jismoniy va virtual bank kartalarini osongina ochishlari, shuningdek, ANORBANK`ning mavjud kartalarini kiritishlari mumkin.

anorbank, reklama

Kartdan o‘tkazmalar

ANORBANK ilovasi mijozlarga o‘z hisoblari va kartalaridan o‘tkazmalarni amalga oshirish bilan bir qatorda boshqa mijozlarning kartalari va hisob raqamlariga ham pul o‘tkazish va ularni alohida ro‘yxatga kiritish imkonini beradi.

Hisobni boshqarish

Mijozlar hisob balanslarini osongina tekshirishlari, tranzaksiyalar tarixini ko‘rishlari, to‘lovlarni amalga oshirishlari va to‘lov bildirishnomalarini o‘rnatishlari mumkin.

Valyuta almashish

Oddiy va qulay onlayn konverter mablag‘larni bir valyutadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradi.

Joylarda to‘lov

QR-kodlarni skanerlash orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni tezda amalga oshirish mumkin.

anorbank, reklama

Pul o‘tkazmalari

Mijozlar Rossiyadan pul o‘tkazmalarini telefon raqami orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga qabul qilishlari yoki MasterCard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari uchun MoneySend xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Omonatlar

Ilovada ANORBANK`dan foydali omonatlar to‘plami taqdim etilgan bo‘lib, u yerda mijozlar batafsil maʼlumotga ega bo‘lishlari, o‘zlariga mos omonat turini tanlab, uni onlayn ochishlari mumkin.

anorbank, reklama

Kreditlarni boshqarish

Mobil ilovadan foydalangan holda ANORBANK mijozlari bankka bormasdan turib ham hujjatlarsiz osongina kredit olishlari, so‘ng o‘z kreditlari haqidagi maʼlumotlarni kuzatib borishlari, kredit to‘lovini amalga oshirishlari, shuningdek, to‘lovlar holati va muddatlarini tekshirib borishlari mumkin.

Xavfsizlik

Xavfsizlikni taʼminlash va akkauntga boshqalarning ruxsatsiz kirishini oldini olish uchun ilovada himoya funksiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, u mijozning yuzini tanish orqali blokirovkadan chiqarishni amalga oshiradi.

Monitoring

To‘lov monitoringi xizmati barcha xarajatlar va daromadlarni nazorat qilishda yordam beradi.

Texnik yordam ko‘rsatish

ANORBANK ilovasida bankka qo‘ng‘iroq qilish yoki maxsus chatga yozish orqali bank mutaxassisi bilan bog‘lanib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish mumkin.

ANORBANK ilovasini Google Play yoki App Store`dan yuklab olish mumkin.

Barcha xizmatlar haqida bankning veb-saytida, mobil ilovasida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafil maʼlumot olish mumkin.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.