Yangi “Apple Watch Series 10” qon bosimini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Ferra.ru” nashri xabar berdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu aqlli soat qon bosimini o‘lchash datchigi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni uchinchi tomon qurilmalaridan foydalanmasdan kuzatish imkonini beradi.
Yangi “Apple Watch Series 10” qon bosimini o‘lchashdan tashqari, tana harorati sensori kabi bir qator boshqa funksiyalarni ham olishi mumkin. Qurilma 2024-yil sentabrida taqdim etilishi kutilmoqda.
Avvalroq “Samsung” o‘z gadjetlariga qondagi qand miqdorini nazorat qilish funksiyasini qo‘shishi haqida xabar berilgandi.
Yangi funksiyaning taqdim qilinish vaqti e’lon qilinmadi, biroq qurilma bozorda besh yil ichida paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq “Spot” “Apple” “Watch Series 9” va “Watch Ultra 2"dagi kerakli funksiyadan voz kechishi mumkinligi haqida yozgandi.
Bu qondagi kislorod miqdorini o‘lchash funksiyasi bo‘lib, avvalroq kompaniya patent huquqini buzganligi sababli smart-soatlar sotuvi AQShda taqiqlangandi.