IT-platforma yuk tashuvchilar daromadini ko‘paytirish, yuk egalarining xarajatlarini qisqartirish, tovarlar havfsizdigini oshirish imkoniyatiga ega. Bu qanday amalga oshirilishi haqida xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov so‘zlab berdi.

ati.su, reklamaFarid Vohidov,
xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori.


Yirik kompaniyalar jarayonlarni shaffofroq va qulayroq qilishga intilib, ularni optimallashtiradilar. Ko‘pincha buning uchun xodimlarni bir xildagi amaliyotlardan xalos etishga va o‘z ishlarini yana-da samaraliroq bajarish imkonini beruvchi vositalar taqdim etishga qodir zamonaviy IT-yechimlar qo‘llaniladi. Jarayonlar avtomatizatsiyasi barcha sohalarni qamrab olgan.

Bu trend logistika sohasida ham kuzatiladi. Ixtisoslashtirilgan IT-platformalardan foydalanish yuk tashuvchilarning daromadlarini oshiradi, yuk egalarixarajatlarini kamaytiradi, hisob-kitoblar xavfsizligi va tovarlar butligini oshiradi. Xususan, Yevropa mamlakatlarida, AQSH va Rossiyada tarmoq ishtirokchilari hamkorlarni topishda “e'lonlar taxtasi” yoki messenjerlar kabi vositalardan voz kechmoqdalar va turli xizmatlarni o‘z ichiga olgan IT-platformalarga o‘tmoqdalar.

Logistika sohasida raqamli xizmatlarga talab o‘sib bormoqda. Xususan, 2023-yilda ATI.SU xizmatlarekotizimi foydalanuvchilarining soni qariyb 3 barobarga — 4,3 minggacha oshdi, birjada yuk tashishga buyurtmalar joylashtirish esa 2,3 barobarga ko‘paydi. Tizim foydalanuvchilari real yuk tashuvchilari va yuk egalari bo‘lib, ular hamkorlar va pudratchilarni izlashda birja imkoniyatlaridan foydalanishadi.

Logistikada IT-platforma bilan ishlashning 10 ta afzalligini Farid Vohidov ko‘rib chiqdi:

  1. Foydalanish Telegramdagi kabi oson. Xizmatlardan foydalanish ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardan foydalanish kabi qulay. Bu alohida o‘qishni talab qiluvchi qandaydir murakkab tizim emas. Osongina tushuniladigan interfeys, noutbuk, planshet, telefonga moslashuv, aniq tuzilmaga ega ma’lumotlar — bular barchasi platformani o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi.
  2. Ishonchli hamkorni sanoqli daqiqalarda topish mumkin. Potensial yuk tashuvchilar yoki yuk jo‘natuvchilarni topishni tegishli parametrlarni kiritish orqali avtomatlashtirish mumkin. Bu vaqtni yaxshigina tejaydi va eng mos takliflarni darhol olish imkonini beradi. Xususan, filtrlar tizimi avtomobillar turlari, yo‘nalish, narx diapazoni, reyting vamulohaza kabilarni hisobga oladi. Hamkorlarni uzoq vaqt izlash va saralashga vaqt sarflashning hojati yo’q.
  3. IT-platforma vijdonsiz hamkorlardan himoyalaydi. IT-platformalarda kontragentni tekshirish va firibgarlikdan uzoqroq bo‘lish oson. ATI.SU`da har bir ishtirokchining “Pasport"i mavjudbo‘lib, u kontragentning vijdonlilik indikatori hisoblanadi. Unda ekotizimda ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchining reytingi aks etadi, e’tirozlar yoki “Vijdonsiz hamkorlar” forumida tilga olinganlik haqida eslatmalar bo‘ladi. Muhimi — hamkorlik shartlari buzilishini Birja yuristlari tasdiqlashlari shart. Faqat shundagina ishtirokchi reytingi pasaytirilishi mumkin. Agar sheriklarhamkorlikdan mamnun bo‘lsalar, bir-birlariga tavsiyalar berishadi va u ham “Pasport"da aks etadi.
  4. Xolis sun’iy intellekt qalloblarni hisoblab topadi. ATI.SU ekotizimi ishtirokchilarining vijdonliligini monitoring qilishda sun’iy intellekt (SI) yordam beradi. Algoritm foydalanuvchining tizimdagi xatti-harakati ssenariysini tahlil qiladi. Agar u o‘zgarsa, bu akkaunt egalario‘zgarganligi, xatarlar oshgani to‘g‘risida signal bo‘lishi mumkin. Hatto firibgar vijdonli yuk tashuvchidan hisobsotib olganda ham, SI buni katta ehtimol bilan aniqlaydi.
  5. Yuk harakatlanishini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. ATI.SU ekotizimida yuk tashuvchi real vaqt rejimida yuk harakatlanishini monitoring qilishi uchun haydovchi o‘z telefoniga mobil ilovani yuklab olishi kifoya. Bunday imkoniyat yuk tashish xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezda hal etishga xizmat qiladi.
  6. Haydovchi dispetcherdan tezkor yordam so‘rashi mumkin. Haydovchi yo‘lda qo‘llab-quvvatlash vositalariga ega bo‘ladi: maxsus ilova orqali u dispetcher yoki yuk tashuvchi menejeridan tezkor yordam so‘rishi mumkin, bu, masalan, bojxonadan o‘tishda yoki yo‘ldagi tekshiruvlarda asqotadi.
  7. Hisobotlar va hujjatlar avtomatik shakllantiriladi. IT-platformaga kiritilgan vositalar hisobot va unga biriktiriladiganhujjatlarni shakllantirish imkonini beradi. Bunda zamonaviy tizim rasmiylashtirish va hujjat mazmuniga bo‘lgan milliy talablarni inobatga oladi.
  8. ATI.SU 1Sga integratsiyalanadi. ATI.SU xizmatlarini yirik yuk tashuvchilar uchun muhim bo’lgan korxona boshqaruv tizimiga integratsiyalash imkoniyati mavjud.Kompaniya menejerlari o‘rnatilgan logistika platformasiga ega odatiy korporativ interfeysda ishlashni davom ettirshlari mumkin. Bu ishni mashg’ulotlar, uchrashuvlarva treninglarsiz darhol boshlash imkonini beradi.
  9. ATI.SU platformasidan bepul foydalanish mumkin. Logistik IT-platformaning bazaviy funksiyalar to‘plami ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga bepul beriladi. Bu kichik yuk tashuvchilarga ishni darhol, ishonchli hamkorlarni izlab topish muammosisiz boshlash va messenjerlardagi noqulay kommunikatsiyalarga chalg‘imay pul topish imkonini beradi.
  10. Optimizatsiya. Bo‘sh harakatlanish hissasini qisqartirish mumkin.

Yuk tashuvchilar talab o‘zgarishiga moslashishlari va o‘zlari uchun eng qulay yo‘nalishlarni tanlab, ortga qaytishda tezda yuk ortib, bo‘sh yurish ulushini qisqartirishlari mumkin.

Market Research Future ma’lumotlariga ko‘ra, logistikani tashkil qilish uchun dasturiy ta’minotning jahon bozori yaqin yillarda yiliga 8,3 foizga o‘sadi va 2032-yilga borib 20,7 mlrd dollarga yetadi. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, bozor dinamikasi logistik amaliyotlar avtomatizatsiyasi va raqamlashtirilishi borasidagi o‘sib borayotgan talabga, shuningdek, xarajatlarni qisqartirib, ish samaradorligini oshirish zaruratiga bog‘liq. Bu trend shunday yechimlar allaqachon mavjud bo‘lgan va ularga talab izchil o‘sib borayotgan O‘zbekistonga ham tegishli”, — dedi Farid Vohidov.

Telefon: (+998) 90−821−00−52.

E-mail: faridun.v@ati.su
Sayt: ati.su

Reklama huquqlari asosida.