20-mart kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz savdo tizimida o‘tkazilgan raqobatli auksion savdolari natijasiga ko‘ra 1 mlrd 70 mln so‘mlik mobil raqam sotildi.

Ushbu ko‘rsatkich birjaning mazkur elektron savdo tizimi ishga tushirilgan paytdan buyon mobil raqamning eng maksimal bahosi hisoblanadi.

Mazkur mobil raqam jismoniy shaxsga mo‘ljallangan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 200 mln so‘mni tashkil qilgan.

Uch soatdan ko‘p vaqt mobaynida davom etgan onlayn-savdolar davomida 10ta talabgor ishtirok etib, ular tomonidan 87 marotaba narx takliflari berilgan.

Buning natijasida mobil raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga o‘sdi. Auksion yakunida uning narxi 1 mlrd 70 mln so‘mga yetdi.

auksion, eng qimmat, mobil raqam


Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yilda sotilgan eng qimmat avtoraqamlar ma’lum qilingandi.

O‘tgan yil davomida jami 400 mlrd so‘mga yaqin 87 mingdan ortiq avtomobil raqamlari xarid qilingan.