Xitoyning “NUWA Robotics” kompaniyasi “IT Park"ning rezidenti bo‘lishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda texnopark matbuot xizmati.

Kompaniya rahbari Hung Jui-Jen o‘tgan haftada “Offshore Outsourcing Tour” doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Qo‘chqorov bilan uchrashdi. Tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Kelishuv axborot texnologiyalari, robototexnika va autsorsingni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Kompaniya O‘zbekistonda o‘z filialini ochish va “IT Park” rezidenti bo‘lishni rejalashtirmoqda.

“NUWA Robotics” kompaniyasiga 2016-yilda Xitoyda asos solingan bo‘lib, inson bilan o‘zaro chuqur aloqada bo‘lishga qodir robotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya sunʼiy intellekt, dasturiy va apparat taʼminotlarini yaratish, robotlar ishlab chiqarish va ularning UX-dizayniga ixtisoslashgan.


Avvalroq “Spot” IT-xizmatlarini eksport qiluvchi “IT Park” rezidentlariga yengilliklar berilayotgani haqida yozgandi.

Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

1-apreldan xizmatlar eksporti bo‘yicha xalqaro platformalarda onlayn rasmiylashtirilgan shartnomalar elektron hujjat sifatida tan olinadi. Bu qiymati $100 minggacha bo‘lgan shartnomalarga amal qiladi: