Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini taʼminlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya joriy qilinmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali ziyoratchilar “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratiladi.
Xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishi ta’minlanadi.
Avvalroq “Spot” Turizm qo‘mitasi ayrim turoperatorlarning Umra safarini amalga oshirish uchun litsenziyalarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Holat yuzasidan turistik korxonalar tahlil qilinganida, Transport prokuraturasi xati “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi parvozlarining kechikishi natijasida moddiy va ma’naviy jabr ko‘rgan fuqarolardan olingan ma’lumotlar asosida yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.
Unda keltirilgan dastlabki turistik korxonalar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun qo‘mitasi tomonidan Transport prokuraturasiga mutaxassis ajratildi.