“WhatsApp” messenjeri beta-versiyaga yangi funksiyani qo‘shdi. Bu haqda “WABetaInfo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, funksiya yordamida foydalanuvchilar ovozli xabarlarni transkripsiya qilishlari mumkin bo‘ladi.

“WhatsApp"ning ta’kidlashicha, funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchilar ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkonini beruvchi maxsus 150 MB hajmdagi nutqni aniqlash modulini yuklab olishlari kerak.

Hozirda uni faqat Android qurilmalari egalari yuklab olishlari mumkin. Ilovaning barqaror versiyasida funksiya qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.

Ovozli xabarlar juda mashhur bo‘lib ketdi, lekin unga qarshilar ham bor, ular ovozli xabarni tinglay olmaydilar yoki tinglashni xohlamaydilar.

Messenjerlar bunday xabarlarning shifrini ochish yechimlarini taklif qila boshladilar. Masalan, “Telegram"da ular pullik obuna foydalanuvchilari uchun mavjud.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp"da video statuslarning davomiyligi o‘zgarishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ishlab chiquvchilar vaqt chegarasini 30 soniyadan 1 daqiqagacha oshiradi.