Omonat tanlashda omonatchining asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda omonat turini tanlash tavsiya etiladi. Pullarini inflyatsiyadan himoya qilish, yuqori daromad olish, katta mablag‘ni jamg‘arish istagida bo‘lganlar uchun ANORBANK bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan xorijiy valyutadagi yangi Premiere muddatli omonatini taklif etadi.
Yuqori foiz stavkasi
Xorijiy valyutadagi yangi omonat — yangi foiz stavkasi. Ilgari ANORBANK`ning xorijiy valyutadagi omonatlarining maksimal yillik foiz stavkasi 7% bo‘lgan bo‘lsa, Premiere omonatida bu ko‘rsatkich 8% ga oshdi, bu esa O‘zbekistondagi yuqori foiz stavkalaridan biridir. Mazkur omonatda minimal sarmoya $1000, depozit muddati esa 735 kunni (2 yil va 5 kunni) tashkil etadi.
Foizlarni darhol olish imkoniyati
Premiere omonatining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, mijoz foizlarni darxol olish imkoniyatiga ega. Foizlar 734 kun uchun avans tarzida mijozning nomiga ochilgan elektron hamyonga o‘tkazma yo‘li orqali omonat ochilgan kunning o‘zida omonat valyutasida to‘lanadi.
Depozitni onlayn ochish imkoniyati
ANORBANK`ning barcha omonatlari kabi Premiere omonatini ochish uchun mijozlar bank ofislariga borib murojaat qilishlariga xojat yo‘q. ANORBANK — bu raqamli tijorat banki bo‘lib, unda barcha xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun bankning sayti hamda mobil ilovasidan foydalanish yoki shunchaki 24 soat xizmat ko‘rsatuvchi aloqa markaziga murojaat qilish kifoya.
Foydali tarzda muddatdan oldin yopish
Premiere depozitini ochishda omonat miqdorini oshirish, shuningdek qisman yechish imkoniyati mavjud emas. Pul mablag‘lari mijozning omonat hisob raqamiga kelib tushgan kunning ertasidan boshlab foizlar hisoblanishni boshlaydi.
Omonat muddatidan oldin to‘liq yopilgan taqdirda, hisoblangan foizlar quyidagi tartibda qayta hisoblanadi:
- 3 oygacha — 0%;
- 4 oydan 6 oygacha — 5%;
- 7 oydan 12 oygacha — 6%;
- 13 oy va undan ortiq muddatdan boshlab — 8%.
Bunda qolgan oylar uchun avans shaklida ortiqcha to‘langan foizlar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Shu tariqa foizlar mablag‘larning omonatda turgan davridagi to‘liq oylari haqiqiy soni uchun to‘lanadi.
Xavfsizlik kafolati
ANORBANK`dagi barcha omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi tomonidan himoyalangan. Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasini qaytarib olgan taqdirda, jamg‘arma fuqarolarning omonatlari bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishini kafolatlaydi.
Xorijiy valyutadagi Premiere omonatini ochish shartlari haqida bankning saytida yoki mobil ilovasida batafil ma’lumot olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.