“OpenAI” kompaniyasi “ChatGPT-5"ni chiqarishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi “Business Insider” nashri.
Qayd etilishicha, kompaniya allaqachon ayrim korporativ mijozlarga modelning sinov versiyasini taqdim etgan.
“GPT-5” imkoniyatlarini sinashga muvaffaq bo‘lgan manbalarga ko‘ra, u oldingi versiyaga qaraganda ancha samaraliroq natijalarni ko‘rsatgan.
Agar hamma narsa reja bo‘yicha ketsa, model ommaga shu yilning yozida taqdim etilishi mumkin.
Shuningdek, undan oldin “GPT 4.5 Turbo"ning ilg‘or versiyasi ham namoyish etilishi kutilmoqda.
Avvalroq “Spot” “OpenAI” “Google” bilan raqobatlasha oladigan qidiruv tizimini yaratmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, yangi qidiruv tizimi “Microsoft"ning “Bing” qidiruv tizimiga asoslangan holda ishlaydi.
“OpenAI” qidiruv tizimi “ChatGPT” sun’iy intellekt chat-botidan alohida mahsulot bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Ushbu rivojlanish “OpenAI"ni “Google” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga olib keladi.