Iqtisodiyot va moliya vazirligi ayrim bojxona to‘lovlarining yangi stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini e’lon qildi.
Bojxona deklaratsiyasi taqdim etilganda import qilinadigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlarni kamaytirish taklif etilmoqda.
Shuningdek, bojxona organlarining asosiy ish vaqtidan tashqari deklaratsiyalarni rasmiylashtirish uchun yig‘im ham pasaytiriladi.
Tovarlarni bojxona hududida yoki undan tashqarida eksport, reeksport va qayta ishlash bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun alohida yig‘im undirilmaydi.
To‘lovlar qanday o‘zgaradi:
To‘plam turi | Hozirgi stavka | Taklif qilinayotgan stvaka | ||
BHM | mln so‘m | BHM | mln so‘m | |
Ekvivalent bojxona qiymatiga ega bo‘lgan yuklarni deklaratsiya bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi (tranzit, yo‘q qilish, vaqtincha saqlash, davlat rejimlari foydasiga begonalashtirish bundan mustasno) | ||||
$10 000 gacha | 1 | 0,34 | 1 | 0,34 |
$10 000 — 20 000 | 1,5 | 0,51 | 1,5 | 0,51 |
$20 000 — 40 000 | 2,5 | 0,85 | 2 | 0,68 |
$40 000 — 60 000 | 4 | 1,36 | 4 | 1,36 |
$60 000 — 100 000 | 8 | 2,72 | 6 | 2,04 |
$100 000 — 200 000 | 15 | 5,1 | 8 | 2,72 |
$200 000 — 500 000 | 30 | 10,2 | 12 | 4,08 |
$500 000 — 1 000 000 | 58 | 19,72 | 16 | 5,44 |
$1 mlndan yuqori | 75 | 25,5 | 20 | 6,8 |
Bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida yuklarni rasmiylashtirish (onlayn to‘ldirilgan deklaratsiyalar bundan mustasno) | 2 | 0,68 | 0,25 | 0,085 |
Hujjat qabul qilinsa, yangi stavkalar 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Qaror loyihasining to‘liq versiyasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan. Muhokama 28-martga qadar davom etadi.