Fransiyaning “Danone” kompaniyasi o‘zining rus biznesini “Vamin R” MChJga sotish uchun zarur bo‘lgan Rossiya tartibga solish ruxsatini olganini aytdi.

Kompaniya veb-saytidagi bayonotga ko‘ra, kelishuv yaqin haftalarda yopilishi kutilmoqda.

“Danone” kompaniyasining Rossiyadagi zavodlarini boshqarishni yangi egasiga o‘tkazish 2022-yil oktabrda boshlangan edi.

2023-yil iyul oyida “Danone” boshqaruv ustidan nazoratni yo‘qotib, “EDP Russia"ni o‘z hisoblaridan dekonsolidatsiya qildi. Kompaniyaning umumiy zarari 1,2 mlrd yevroni tashkil qildi.

Fevral oyida “Financial Times” gazetasi 2023-yil iyul oyida “Danone"ning Rossiyadagi biznesi Federal mulkni boshqarish agentligi tomonidan vaqtinchalik boshqaruvga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Taklif etilayotgan bitim qiymati 17,7 mlrd rublni ($191,88 mln) tashkil etdi. Shu bilan birga, “Danone” o‘z kapitali uchun kompensatsiya sifatida 10 mlrd rubl oladi va 7,7 mlrd rubl Rossiya bo‘linmasining qarziga xizmat ko‘rsatishga ketadi.


Avvalroq “Spot” “Siemens” Rossiyadagi biznesini yopishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yopilishga Rossiyaga tovarlarni olib kirish bilan bog‘liq normal faoliyatini davom ettira olmaslik sabab qilib ko‘rsatilgan.