Ruminiyaning “Lumen” startapi ko‘zi ojizlarga ochiq maydonlarda harakatlanishiga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi ko‘zoynaklar yaratdi. Bu haqda “chudo.tech” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilma kameralar va lidarlar (xuddi avtopilotdek) yordamida to‘siqlarni aniqlaydi.
Keyin yo‘nalishni o‘zgartirish uchun tebranma harakat va ovozli signallardan foydalanadi.
Hozirda ko‘zoynaklar yakuniy klinik sinovlardan o‘tmoqda. Ular 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kerak, biroq narxi hali e’lon qilinmagan.
Avvalroq “Spot” nutqni turli tillarga tarjima qiluvchi aqlli ko‘zoynak yaratilgani haqida yozgandi.
Aqlli ko‘zoynak real vaqtda aniq va to‘g‘ri tarjimani ta’minlovchi ilg‘or tabiiy tilni qayta ishlash tizimi va “ChatGPT"dan foydalanadi.
Shuningdek, “Meta” jonli efir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etgandi.
Mazkur ko‘zoynakda Facebook va Instagramda jonli translatsiyani amalga oshirish funksiyasi ham mavjud.