Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
27-mart kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 10:00dan 18:00gacha Chilonzor, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Bunda, quyida hududlar keltirilgan:
Chilonzor tumanida:
- “Zarqo‘rg‘on” va “Fidokor” mahallalari;
- “Navbahor” va “Katta Navbahor” mahallalari, S-mavze;
- “Ko‘tarma” mahallasi;
- “Naqoshlik” mahallasi;
- “Botirma” mahallasi;
- “Lutfiy” mahallasi;
- “1-Qatortol” mahallasi;
- “Nafosat” mahallasi;
- “Diyor” mahallasi;
- “Qatortol” mahallasi;
- “Cho‘pon ota” mahallasi;
- “Bog‘zor” mahallasi;
- “Oqtepa” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 68 ta.
Uchtepa tumanida:
- “Tepa Qo‘rg‘on” mahallasi;
- “Qo‘rg‘on tepa” mahallasi;
- “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasi;
- “Bog‘obod” mahallasi;
- “Bog‘iston” mahallasi
- “Birlik” mahallasi;
- “Nayman” mahallasi;
- “Guzar” mahallasi;
- Uchtepa tuman 11−12−13−14−15−26-mavzelar;
- Ulgurji iste’molchilar -76 ta.
Mirzo Ulug‘bek tumanida:
- “Ne'mat” berk ko‘chasidagi 74 ta yerli xonadonlar;
- Ulgurji iste’molchilar — 3 ta.