Bosh prokuratura Toshkent shahrida mayning ferma tashkil etgan xonadonni aniqladi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Chilonzor tumanidagi “Chilonzor-19” massivida joylashgan ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida mayning fermasi aniqlandi.

Fuqaro F.X kriptoaktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun qurilmalarini tijorat maqsadlarida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulagan.

Qurilmalar faoliyati davomida 461,4 ming kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qilingan. Zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 680 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq “Spot” Buxoroda mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlangani haqida yozgandi.

Ular tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlatga 860,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.