Bosh prokuratura huzuridagi Departament Zangiota tumanida mayning ferma tashkil etgan shaxsni aniqlandi.
Departamentning Zangiota tuman bo‘limi, hamda DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida reyd o‘tkazilgan.
Tekshiruvda fuqaro U.O. qonunga xilof ravishda mayning ferma faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.
U uyida 6 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulangan.
Natijada fuqaro tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Toshkentda noqonuniy mayning ferma faoliyati aniqlangani haqida yozgandi.
Natijada elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlatga 680 mln so‘m zarar yetkazilgan.