Prezidentning jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg‘armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o‘tkaziladi.

Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish, yo‘nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2024-yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishini ta’minlaydi.

2024-yil 1-iyunga qadar jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

Bu tizim orqali Toshkent shahri muntazam avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish ishlari amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” senator jamoat transporti tizimidagi kamchiliklar bo‘yicha transport vaziriga so‘rov jo‘natgani haqida yozgandi.

Unda jamoat transportiga qo‘yilgan talab kuchaytirlganiga qaramay, xizmat ko‘rsatish sifati pastligicha qolayotgani qayd etilgan.