“Rosatom” va O‘zbekiston o‘rtasida Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma bo‘yicha muzokaralar “juda muvaffaqiyatli” ketmoqda. Bu haqda Rossiya davlat korporatsiyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Kirill Komarovga tayanib, “TAСС” xabar bermoqda.

“Shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Men har doim hech kimni turtki bermaslik uchun bunday holatlarni, sanalarni aytmaslikka harakat qilaman, chunki bu juda muhim qaror. Bu qaror, bilasizki, O‘zbekistondagi keyingi 100 yildagi muayyan vaziyatni belgilab beradi. Shuning uchun, men sizga aytamanki, shoshqaloqlik yoki xato qilishdan ko‘ra, barcha nyuanslarni muhokama qilish uchun qo‘shimcha vaqt sarflash yaxshiroqdir. Lekin biz istalgan vaqtda ushbu loyihani aniq amalga oshirishni boshlashga tayyormiz”, dedi u.

Komarovning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar allaqachon AES qurilishi kutilayotgan maydonni batafsil o‘rganib chiqishgan va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlashgan.

Toshkentdagi “MEPhI” Milliy tadqiqot yadro universiteti filialida atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

“Nafaqat Rossiya, balki dunyoning boshqa mamlakatlari olimlari ko‘magida biz O‘zbekiston uchun maxsus zarur bo‘lgan eng maqbul yechimlarni to‘pladik. Masalan, an’anaviy ravishda bizda bug‘ kondensatsiyalanadigan sovutish minoralari kabi atom elektr stansiyasining bir qismi bor. O‘zbekistonda suv ko‘p emas, shuning uchun biz an’anaviy sovutish minoralarini quruq sovutish minoralariga almashtirish yechimini topdik. Vengriyadagi hamkasblarimiz ushbu quruq sovutish minoralari uchun juda yaxshi yechimga ega, ular allaqachon ulardan foydalanishmoqda. Loyiha uchun noyob hamkorlarni yig‘ish uchun biroz vaqt sarflandi. Va bu nafaqat Rossiya loyihasi bo‘ladi”, — dedi “Rosatom” bosh direktori o‘rinbosari.

Komarov AES qurilishi loyihasida turli mamlakatlar, jumladan Fransiya va Janubiy Koreya kompaniyalari muhandislari ishtirok etishi mumkinligini ta’kidladi.

2018-yilda O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Erishilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, “Rostatom” har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokni quradi. Maydon Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li bo‘yida joylashgan.

Qurilish taxminan 6 yil davom etadi. O‘zbekiston elektr defitsitini qoplash va gazni tejash uchun atom elektr stansiyalaridan foydalanishga umid qilmoqda. Mamlakat uran ishlab chiqaruvchi 5ta davlatdan biri bo‘lganligi sababli, loyiha uchun yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar kutilmaydi.


Avvalroq “Spot” Janubiy Koreyaning “Hyundai Engineering” kompaniyasi O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyalarini qurmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Kompaniya kichik modulli reaktorlar yaratish texnologiyalarini eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha Koreya atom energiyasi tadqiqot instituti bilan memorandum imzolandi: