Alisher Usmonov Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasiga jinoiy huquqbuzarlik yuzasidan ariza berishi sababli ikki prokurorga nisbatan tergov boshlandi, deb yozadi “Bild” nashri.
Usmonov bosh prokuraturani odil sudlovga to‘sqinlik qilishda va aybsiz shaxslarni ta’qib qilishda aybladi.
Usmonovning vakili “Forbes"ga ariza berishni tasdiqladi, ammo qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi.
Frankfurt Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Dominik Mies nashrga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ish bitta yuqori lavozimli prokuror va Bosh prokuraturaning bir prokuroriga tegishli.
Ishni qo‘zg‘atish uchun asos sifatida ikki kishi tomonidan jinoiy huquqbuzarliklar bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Ulardan biri “Rossiyadan kelgan 70 yoshli tadbirkor”, dedi u.
2023-yil may oyida Frankfurt sudi Germaniyada Usmonovga qarshi tergov qilingan pul yuvish ishi bo‘yicha 2022 yilda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Gap Tegernsi ko‘li bo‘yidagi villalar, Frankfurt-na-Mayn yaqinidagi kvartira va Bremen portidagi Dilbar yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar haqida edi, nemis prokuraturasi ularni Usmonovga aloqador deb hisoblagan.