Shveysariya banklari Rossiya fuqarolarining hisoblarini yopishni boshladi. Bu haqda Shveysariyaning “Leolex” yuridik firmasining boshqaruvchi hamkori Roman Kudinov “Vedomosti"ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ruslar ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lishidan yoki yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishidan qat’i nazar amalga oshirilmoqda.

Hisoblarni yopish bilan duch kelgan barcha mijozlar Shveysariyada soliq to‘laydilar, ammo Rossiyada daromad olmaydilar.

Kudinovning aniqlik kiritishicha, advokatlik idorasi mijozlar bilan birgalikda endi majburlash va kamsitish bo‘yicha banklarga da’vo arizasi berish imkoniyatlarini baholamoqda.

Nashr bilan suhbatlashgan ekspertlar bir nechta shunga o‘xshash holatlar haqida gapirdi.

Misol uchun,Shveytsaridaa banklaridan biri to‘lovni tekshirib bo‘lgach, bir necha yil avval Rossiyadagi qaynonasiga yuzlab yevro o‘tkazgani uchun Rossiya pasportiga ega bo‘lmagan mamlakat fuqarosining hisob raqamini yopdi.

Rossiya pasportini saqlab qolgan ayrim Isroil fuqarolarining hisobi umuman ochilmagan. Ulardan Rossiya fuqaroligidan chiqqanliklarini hujjatlashtirish talab qilingan.

Ikki fuqarolikka ega rossiyaliklarning hisoblarini yopish holatlari BAAda ham uchragan, deya aniqlik kiritdi Rossiya yuridik firmalaridan biridagi suhbatdosh.

Broker suhbatdoshining aytishicha, Rossiya pasporti Shveysariyada “qora belgi"ga aylangan, chunki mahalliy banklar ikkilamchi sanksiyalardan qo‘rqishadi.

Shuning uchun, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan mijozlar yuqori xavfli deb tasniflanadi, ya’ni ular maxsus xizmat ko‘rsatish shartlariga, masalan, komissiyalarni oshirishga bog‘liq bo‘lishi mumkin.


Avvalroq “Spot” Turkiya banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini yopishni boshlagani haqida yozgandi. Kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga karta ochish shartlarini ham kuchaytirdi.