Joriy yilning dastlabki oyida savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan Top-20ta korxona ma’lum qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha yanvar-fevral oylarida 154 387 ta yuridik shaxs tomonidan 3,7 trln so‘m soliq to‘langan.
Unga ko‘ra, mazkur davrda eng ko‘p soliq to‘lagan korxona “Korzinka” (Anglesey Food) supermarketlar tarmog‘i bo‘ldi.
Bu davrda korxonaning tovar aylanmasi 1,3 trln so‘mni, to‘langan soliqlari hajmi 38,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda tashqari korxonaga 25 mlrd so‘m miqdorida soliq imtiyozlari qo‘llanilgan.
Soliq to‘lagan korxonalar | To‘langan soliq miqdori |
Korzinka (Anglesey Food) | 38,6 mlrd so‘m |
Tashkent Trade Center | 24,2 mlrd so‘m |
Uzum Market | 23,4 mlrd so‘m |
Nestle Food | 20 mlrd so‘m |
UNG Petro | 20 mlrd so‘m |
BYD Uzbekistan Factory | 18,2 mlrd so‘m |
Balton Trading | 15,8 mlrd so‘m |
Alfa Moliya | 15,6 mlrd so‘m |
Humo Infinity | 14,9 mlrd so‘m |
Grand Pharm Trade | 14,4 mlrd so‘m |
To‘langan soliqdan 326, mlrd so‘mi, ya’ni 8,7%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 7,5 trln so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 162,3 mlrd so‘mga yetgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS — 98,7 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i — 84,5 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i — 47,7 mlrd so‘m;
- JShODS — 51,8 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq — 27,6 mlrd so‘m;
- yer solig‘i — 2,7 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i — 6 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar — 7,1 mlrd so‘m.
Avvalroq 2023-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari ma’lum qilingandi.
Jami 56ta kompaniya 70 mlrdga yaqin soliq to‘lagan. Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya 26 mlrd so‘m bilan “Meta” bo‘ldi.