“UzAuto Motors” “Labo” avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini ma’lum qiladi.

Qayd etilishicha, kompaniya bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda, 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirdi.

Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi 2024-yil uchun kontraktatsiyaga avtomobillar qo‘shimcha hajmini chiqarish imkonini berdi.

Shu munosabat bilan 29-mart soat 10:00da “Labo” avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

Kompaniyaning qayd etishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.


Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” “Damas”, “Labo” va “Cobalt” narxlari oshirilishiga izoh bergani haqida yozgandi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.