“Apple” yangi iPad Pro va iPad Air modellarini ishlab chiqarish hajmini oshirdi, ular rasman may oyida taqdim etiladi, deya xabar berdi “Bloomberg”.

Dastlab yangi iPad’larni mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida chiqarishni rejalashtirilgan edi, biroq kompaniya hali ham ularning dasturiy ta’minoti ustida ishlamoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ekranlar murakkab yangi ishlab chiqarish usullarini talab qiladi, bu esa kechikishga olib keldi.

iPad Pro planshetlarida “Apple” kompaniyasining yangi M3 chipi, aniqroq OLED displey, shuningdek, Magic Keyboard va “Apple Pencil” stiluslarining yangilangan versiyalari bilan mos keladi.

iPad Air yangi protsessorga ega bo‘ladi va 12,9 dyumli versiyasi ham bo‘ladi.

Qayd etilishicha, iPad Pro 2018-yildan, iPad Air esa 2022-yildan beri birinchi marta yangilanadi.


Avvalroq “Spot” “Apple” kompaniyasi Apple Watch uchun displeylarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya muhandislik jamoasini qayta tashkil etib, Apple Watchda ishlagan xodimlarning bir qismini ishdan bo‘shatadi.