Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni boshqarish va obodonlashtirish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari jamoat joylarini obodonlashtirish sohasida eksperiment o‘tkazilishini e’lon qildi.

26 ta tumanda (har bir viloyatda 2 tadan) obodonlashtirish bo‘limlari vazifalari DXSh asosida chiqindilarni olib chiqish korxonalariga o‘tkaziladi.

Tajriba doirasida tadbirkorlar chiqindilarni olib tashlash bilan birga daraxt va gullar ekish, oqava suvlarni tozalash, ko‘chalarni yoritishga ham mas’ul bo‘ladi. 2025-yildan boshlab yangi tartib butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etilishi rejalashtirilgan.

Butun mamlakatda yirik qurilish loyihalari maydonining kamida 30%ini o‘simliklarga ajratish majburiyati yuklanadi.

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida Ekologiya vazirligi tomonidan 444 ta o‘rmon plantatsiyalari va 160 ta istirohat bog‘lari barpo etish uchun 50 mlrrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Prezident hokimning qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini ham tanqidiy baholadi.

28 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi, Kasbi, Qarshi va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokimlarining o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, avtomobil va temir yo‘llar, ko‘chalar, ariqlar, daryolar bo‘ylari, aholi turar-joylari ichkarisida ko‘chat ekish ishlari sust ketmoqda.

Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalar ham yashil maydonlarni yaratishda tashabbus ko‘rsatmayotgani ta’kidlandi.

Prezident chiqindixonalar, issiqlik elektr stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va suv omborlari atrofida “yashil belbog‘lar” yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga chaqirdi.

Joriy yilda ijtimoiy muassasalarga 4 mln donadan ortiq ko‘chat qo‘shni hududlarga ekish uchun bepul beriladi.


Avvalroq “Spot” chiqindi poligonlarida maxsus iqtisodiy zonalar rejimi joriy qilinishi haqida yozgandi.

Yangi tizim bo‘yicha birinchi pilot loyiha Andijonda amalga oshirilib, keyinchalik mamlakatning boshqa hududlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.