“Silk Avia” 1-apreldan boshlab Toshkent-Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar har kuni amalga oshirilib, bir tomonga aviachipta narxi 192 ming so‘mdan, borish va qaytish aviachiptalari narxi esa 383 ming so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq “Silk Avia” Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Parvozlar 1-apreldan boshlanib, LET L-410 samolyotlarida haftada uch marotaba — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” aviakompaniyasi to‘rtinchi samolyotini qabul qilib olgani haqida yozgandi.

Yangi ATR 72−600 samolyoti Fransiyadagi ATR zavodidan Toshkent aeroportiga, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, yetib keldi.