Avvalroq “UzAuto Motors” 29-mart soat 10:00da “Labo” uchun kontraktatsiyani ochishini ma’lum qilgandi.
Kompaniya matbuot xizmati “Labo” avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya yakunlanganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 29-mart soat 10:55 holatiga ko‘ra, 18 000 dona “Labo” avtomashinalari bilan shartnoma tuzilgan.
Tuzilgan shartnomalarning 99%i One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” “Damas”, “Labo” va “Cobalt” narxlari oshirilishiga izoh bergani haqida yozgandi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.