“YouTube” videoning eng qiziqarli qismlariga o‘tishga yordam beradigan funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Android Headlines” nashri xabar berdi.
“Jump Ahead” deb nomlangan yangi funksiya foydalanuvchiga videodagi kerakli joyga o‘tishni osonlashtirish imkonini beradi.
Hozirda bu funksiya kichik foydalanuvchilar guruhi uchun mavjud va sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bu eksperimental xususiyat bo‘lib, u faqat “YouTube"ning ayrim Premium obunasi bo‘lgan foydalanuvchilari uchun mavjud.
Shunga o‘xshash yangi funksiyalarni sinab ko‘rish uchun, “YouTube"ning tajriba sahifasiga tashrif buyurish kerak.
Avvalroq “Spot” “YouTube” premium obunachilar uchun onlayn o‘yin funksiyasini ishga tushirgani haqida yozgandi.
Bu funksiyadan kompyuterdagi brauzerda ham, iOS va Android operatsion tizimlariga ega mobil qurilmalarda ham foydalanish mumkin.