Transport vazirligi “Airbus” International kompaniyasini O‘zbekistonda mintaqaviy markaz ochishni taklif qildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Transport vazirligi rahbari o‘rinbosari Jasurbek Choriev “Airbus International” kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garriges bilan ikki tomonlama hamkorlik, jumladan fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish uchun yangi zamonaviy samolyotlar olish masalalarini muhokama qildi.
Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yangi mintaqaviy ATR-42 turbovintli samolyotlarida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, “Airbus International” kompaniyasi vakiliga Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun xorijiy kompaniya mutaxassislari ishtirokida ikki yillik trening tashkil etish va aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan simulyatorlar o‘rnatishni taklif qildi.
Ayni paytda mintaqaviy “Silk Avia” aviakompaniyasi ichki reyslar uchun ATR 72−600 turbovintli samolyotlardan foydalanmoqda. ATR-42 asosiy model bo‘lib, undan uzunroq ATR 72 yaratilgan.
Avvalroq “Spot” “Silk Avia” Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Parvozlar 1-apreldan boshlanib, LET L-410 samolyotlarida haftada uch marotaba — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.