1-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12645 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 16 so‘m 95 tiyinga oshdi.
Dollar kursi 29-mart 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.
Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi. Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.