Oltin narxi o‘zining rekord ko‘rsatkichini qayd etdi.

1-aprel kuni oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $2260 gacha oshib, navbatdagi tarixiy rekord ko‘rsatkichni qayd etdi.

narx, oltin, rekord, unsiya

Qimmatbaho metalning untsiyasi $2260dan oshdi, ammo keyinchalik oltin narxi biroz pasaydi.

O‘zbekiston Markaziy banki ham oltin quymalarining narxini belgiladi. 1 gram oltin narxi ilk bor 943 000 so‘mdan oshdi. 50 gr quymaning narxi 47,1 mln so‘m bo‘lib turibdi.

“Bloomberg” e’lon qilgan xabarda tahlilchilar qisqa muddatda oltin narxining 1 troya unsiyasi uchun $2300ga qarab ketishi mantiqiy ekanini ta’kidlamoqda.

2023-yilning oktabrida oltin narxi besh oy ichida birinchi marta bir unsiya uchun 2000 dollargacha ko‘tarilgani xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, oltin narxining oshishiga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi sabab bo‘lgan.

Noyabr oyida esa “Business Insider” nashri qimmatbaho metalning bir troya unsiyasi $2500gacha ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Qayd etilishicha, siyosiy noaniqlik ham qimmatbaho metal narxining oshishiga yordam beradi.