Prezident “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarormi imzoladi.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston “Islom taraqqiyot banki"dan 20 yil muddatga $260 mlnlik imtiyozli kredit jalb qilmoqda.

Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 2024−2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanadi.

Loyiha doirasida 20 maktab, 14 bog‘cha, 10 ta oilaviy shifokor punkti qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 200 km ichimlik suvi (16,1 km Samarqandda) (105 km Qashqadaryo), (78 km Surxondaryo) tortiladi.

Shu bilan birga, belgilangan tumanlarda 368 kilometr elektr tarmog‘i tortiladi, 53 ta transformator o‘rnatiladi.

Qariyb 330 kilometr yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, buning uchun 717 mlrd so‘m sarflanadi.


Avvalroq “Spot” Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $400 mln ajratishi haqida yozgandi.

Mablag‘lar qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga yo‘naltiriladi.