“Mercedes-Benz” Xitoyda 359 299ta avtomobilini chaqirib olish bo‘yicha katta kampaniya e’lon qildi. Bu haqda “IXBT” nashri xabar berdi.

Xususan, 2023-yil 5-iyuldan 2-noyabrgacha ishlab chiqarilgan 60 470 dona “Mercedes-Benz GLE” va “GLS” avtomobillarini qaytarib olish rejalashtirilgan.

Ushbu avtomobillarda, ma’lum sharoitlarda, haydovchi tormoz pedalini yengil bosib, avtomatik uzatmalar qutisi 7-dan 6-bosqichga o‘tganda, mashina haydash paytida to‘xtab qolishi mumkin.

Shuningdek, 2010-yil 2-dekabrdan 2014-yil 31-oktabrgacha ishlab chiqarilgan “Mercedes-Benz C” va “E” klasslari, shuningdek, “Mercedes-Benz GLK"da 12 voltli akkumulyator bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, undan elektrolitlar oqadi.

Bu dvigatel bo‘linmasida qisqa tutashuv va yong‘inga olib kelishi mumkin. Mazkur modellardagi avtomobillardan jami 204 255 ta avtomobil chaqirib olinadi.

Eng qiziqarli nuqson Xitoyda mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan “Mercedes-Benz C-Class”, “S-Class”, “EQE”, “SL” va “GLC” modellarida topilgan.

Kompaniya aniqlaganidek, ushbu modellarda payvandlashdagi og‘ishlar saqlagichlar zanjirida juda yuqori oqimga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, turli xil mashina tizimlari ishlamay qolishi mumkin, ammo yong‘in xavfi ham mavjud. Shu sababli 2023-yil 6-fevraldan 2023-yil 13-oktabrgacha ishlab chiqarilgan 94 574 ta avtomobil chaqirib olinmoqda.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” 529 mingta avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga rul boshqaruvidagi dasturiy ta’minot xatosi sabab bo‘lgan.