“Telegram"da kanallar uchun monetizatsiya ishga tushirildi. Bu haqda messenjerning navbatdagi yangilanishida ma’lum qilindi.

“Bugundan boshlab kamida 1000ta obunachiga ega ommaviy kanal egalari kanallarida namoyish qilingan reklamalardan tushgan daromadning 50% qismi bilan mukofotlanadi”, — deyiladi xabarda.

monetizatsiya, telegram

Monetizatsiya statistikasini ko‘rish uchun Kanal sozlamalari > Statistika > Monetizatsiya rukniga kirish kerak. Kanal egalari uchun yechib olish imkoniyati kelgusi haftalarda Fragment saytida paydo bo‘ladi.

Monetizatsiya bir qator mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil uchun ishlamaydi.

Kanal egalari mukofotlarini komissiyasiz yechib olishi yoki ularni reklamalar, kolleksiya qilinadigan foydalanuvchi nomlari yoki Premium yutuqli o‘yinlarga qayta investitsiya qilishi mumkin.

monetizatsiya, telegram

TON asosidagi reklamalar

Mukofotlash dasturi uchun “Toncoin” (TON blokcheyni asosida ishlovchi kriptovalyuta) bilan xarid qilish mumkin bo‘lgan yangi turdagi reklamalarni taqdim etilmoqda.

TON blokcheyni past komissiyalar, o‘tkazmalarni qayta ishlashning yuqori tezligi va soniyasiga rekord hajmdagi o‘tkazmalarni dastaklashi sababli tanlangan.

Endi istalgan foydalanuvchi “Toncoin” evaziga minimal budjet bilan “Telegram"dagi bot yoki kanalini reklama qilishi mumkin.

Reklama xabarini yaratganda joylash uchun muayyan kanallarni tanlash, buning evaziga reklama namoyish qilinadigan kontekstni to‘liq nazorat qilish mumkin.