Dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri Brand Finance “O‘zbekistondagi eng qimmat brendlar” top o‘nligini e’lon qildi. ANORBANK ushbu ro‘yxatda yettinchi pog‘onani egalladi. Bank $16 mln dollarlik qiymatga ega brend sifatida qayd etildi va A- (Strong) darajasiga sazovor bo‘ldi.
Reytingni tuzishda brendning raqobatbardoshligi, uning kuchi va o’z zimmasiga olishga tayyor bo’lgan xavflar, shuningdek, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati mezonlari va ularning brendga bo’lgan ishonchi kabi jihatlarni o’z ichiga olgan “Brendning mustahkamligi indeksi” hisobga olindi. Ushbu ko’rsatkichda moliyaviy tashkilotning mahsulotlar to’plami, xususan, kreditlash, xizmat ko’rsatish, mijozlar so’rovlarini ko’rib chiqish va boshqa umumiy hisobda 20 dan ortiq mezonlar ta’sir ko’rsatadi.
Shuningdek, ANORBANK SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida ham yetakchilar qatorida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Barcha xizmatlar haqida bankning saytida, mobil ilovasida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafil maʼlumot olish mumkin.
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Reklama huquqlari asosida.