London “ICE” birjasida iyun oyidagi “Brent” neft fyucherslari narxi bir barrel uchun $88dan oshdi.
“Brent” 2023-yil 31-oktabrdan beri birinchi marta shu darajada sotilmoqda.
Kotirovkalar 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan OPEK+ yig‘ilishi oldidan ko‘tarilmoqda, unda kartel davlatlari va ularning ittifoqchilari neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvlarni ikkinchi chorak oxirigacha uzaytirishi kutilmoqda, deb yozadi “Reuters”.
Bundan tashqari, neft narxiga Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi mumkin bo‘lgan xavotirlar ta’sir ko‘rsatmoqda, bu mintaqadagi ishlab chiqarishga ta’sir qiladi.
Yana bir omil — AQSh va Xitoy neft iste’molini oshirishi mumkinligi haqidagi prognozlar, deya qayd etadi “Reuters”.
Shuningdek, “Goldman Sachs” Yevropada neftga talab kuchli ekanini ta’kidlaydi, deb yozadi “Bloomberg”.