“OpenAI” ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga o‘zining asosiy mahsuloti sun’iy intellekt “ChatGPT” chat-botiga kirishni ochdi, deya xabar beradi kompaniya blogida.
Qayd etilishicha, mazkur imkoniyatdan 185 mamlakat, jumladan, O‘zbekistondan tashrif buyuruvchilar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiquvchilar asta-sekin ochiq kirishni ta’minlashga va’da berishdi, ammo tafsilotlarni oshkor qilishmadi. Rossiyada botdan shu tarzda foydalanish mumkinmi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Foydalanish siyosatidagi o‘zgarishlar faqat “ChatGPT” uchun amal qiladi va boshqa “OpenAI” mahsulotlariga ta’sir qilmaydi.
Hisob qaydnomasi bo‘lmagan foydalanuvchilar, shuningdek, sun’iy intellektni o‘qitish uchun o‘z so‘rovlaridan foydalanishni rad etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, kompaniya kengroq mavzular bo‘yicha chat-bot javoblarini blokirovka qilishni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy qilmoqda.
Avvalroq “Spot” “OpenAI” inson ovozini nusxalash uchun neyron tarmoqni taqdim etgani haqida yozgandi.
Neyron tarmoq foydalanuvchiga “klonlangan” ovoz yordamida turli tillarda matnni ovozli qilish imkonini beradi.