Benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori yana oshirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha 15-mart kuni hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori joriy yilning birinchi choragidan boshlab 124 780 so‘mni tashkil qiladi.
Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari “O‘zbekneftgaz” tomonidan moliyalashtiriladi.
Mazkur huqquqqa ega bo‘lganlar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
Benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yilning ikkinchi choragida 55%ga oshirilib, 116 180 so‘mni tashkil qilgandi.
Shuningdek, o‘tgan yilning uchinchi choragidan 119 640 so‘mga, to‘rtinchi choragidan esa 120 660 so‘mga oshirilgan.
Avvalroq Energetika vazirligi fuqarolar to‘lov kvitansiyasi mavjud bo‘lsa, “metan zapravka"lardan ortiqcha to‘lagan mablag‘larini qaytarishni talab qilishlari mumkinligini ma’lum qilgandi.