Fevral oyi uchun 53,2 mlrd so‘m keshbek to‘landi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Umumiy hisobda yil boshidan buyon 62,6 mln chek uchun 101,6 so‘m keshbek to‘lab berildi.
To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Toshkent sh. — 46,8 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 10,3 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati — 7 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 6,9 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 4,4 mlrd so‘m.
Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi
Davlat soliq qo‘mitasi qanday cheklarga keshbek qaytarilmasligi haqida ma’lumot bergan edi.
Quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:
- agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
- sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.
Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun ham keshbek qaytarilmaydi.
Shu bilan birga shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.
QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega bo‘lish yo‘riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.