Amerikaning “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 38-yillik reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Louis Vuitton Moet Hennessy” prezidenti Bernard Arno $233 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $195 mlrd bilan Ilon Mask egallab turibdi.
Kuchli beshlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $194 mlrd, “Meta” rahbari Mark Sukerberg $177 mlrd va “Oracle” korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison $141 mlrd boylik bilan yakunladi.
Reytingdagi o‘rni | Ismi | Boyligi |
1 | Bernard Arno va oilasi | $233 mlrd |
2 | Ilon Mask | $195 mlrd |
3 | Jeff Bezos | $194 mlrd |
4 | Mark Sukerberg | $177 mlrd |
5 | Larri Ellison | $141 mlrd |
6 | Uorren Baffet | $133 mlrd |
7 | Bill Geyts | $128 mlrd |
8 | Stiv Balmer | $121 mlrd |
9 | Mukesh Ambani | $116 mlrd |
10 | Larri Peyj | $114 mlrd |
Mart oyi boshida “Bloomberg Billionaires Index"da Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni boy bergandi.
“Tesla” kompaniyasi aksiyalari 7,2%ga tushganidan keyin, Mask yuqori pog‘onadagi o‘rnini Jeff Bezosga boy berdi.
60 yoshli “Amazon” asoschisi Jeff Bezos 2021-yilda birinchi marta “Bloomberg"ning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi.
Hozirda Bezosning boyligi $200,3 mlrdni, Maskning boyligi esa $198 mlrdni tashkil qilmoqda.
Kuchli uchlikni $197 mlrd bilan “LVMH” (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi egasi fransiyalik Bernard Arno yakunladi.
Undan keyingi o‘rinni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $179 mlrd bilan eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni $150 mlrd bilan “Microsoft” asoschisi Bill Geyts yakunladi.
Kuchli o‘ntalikda Stiv Balmer ($143 mlrd), Uorren Baffet ($133 mlrd), Larri Ellison ($129 mlrd), Larri Peyj ($122 mlrd) va Sergey Brin ($116 mlrd) bor.