Shavkat Umurzoqov rasman Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Umurzoqov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisiligidan poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Shavkat Umurzoqov 1979-yilda tug‘ilgan, muqaddam prokuratura tizimida ishlagan. 2011-yil iyunidan 2013-yil sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

2013−2018-yillarda O‘zbekiston bosh prokuraturasida Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2018-yilning iyunidan poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi.

2023-yilning yanvarida prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni Toshkent shahar hokimi lavozimidan ozod etdi. Uning o‘rniga hokim vazifasini bajaruvchi sifatida hokimning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov tayinlandi.