Fuqarolar Vengriyaga yuk avtomobili haydovchiligi bo‘yicha ishga taklif etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish haqi oyiga 1800 yevroni (soliqlar ushlangandan keyin) tashkil etadi. Aviachipta, tibbiy sug‘urta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 21−45 yosh oralig‘ida, CE toifasidagi haydovchilik guvohnomasi hamda kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda rus yoki ingliz tilini bilishlari kerak.

Shuningdek, uzoq masofaga yuk tashishga tayyorlik, jismonan va ruhan sog‘lom va sudlanmagan bo‘lish talab qilinadi.

Taxograf karta va Code-95 sertifikati mavjud bo‘lganlarga qo‘shimcha ustunlik beriladi.

Viza, yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qabul qilinganlarning o‘z hisobidan qoplanadi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55, 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish imkoniyati mavjud.


Avvalroq mehnat migrantlarining ayrim xarajatlari qisman qoplab berilishi ma’lum qilingandi. Xorijdan qaytgan migrantlarni ishga olgan korxonalarga har bir xodim uchun oyiga 500 ming so‘m miqdorida subsidiya berib boriladi.