Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ma’muriy binoning bir qismi qayta auksionga qo‘yildi.
Olti qavatli g‘ishtli bino Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi T5 massivida, Oloy bozoridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan.
Binoning umumiy maydoni 1683 kv.metrni, foydali maydoni 1317 kv.metrni tashkil etadi. Shundan 877 kv.metri — uchinchi qavatdan boshlangan yuqori qavatlari xaridorlarga taklif etilmoqda.
Barcha kommunikatsiyalar mavjud — elektr ta’minoti, gaz, suv, kanalizatsiya. Bundan tashqari, issiq pol, konditsioner va dizel generatori kabilar mavjud.
Lotning boshlang‘ich bahosi 28,28 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 282,8 mln so‘mni tashkil etadi.
Auksion 6-may kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar shu kuni soat 09:00gacha jo‘natish mumkin.
Lot “Ziraat Bank Uzbekistan"dan olingan kredit uchun garov sifatida ta’minlangan. U dastlab 2022-yilning bahorida 40 mlrd so‘m bilan sotuvga qo‘yilgan. 2023-yil may oyiga kelib boshlang‘ich narx deyarli ikki baravarga, ya’ni 21,2 mlrd so‘mgacha pasaytirildi.