“Google” o‘zining sun’iy intellekt bilan ta’minlangan generativ qidiruv tizimining premium xususiyatlari uchun haq olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Sun’iy intellekt orqali qidiruv “Google"ning xususiy chat-boti “Gemini” so‘rovlari va natijalarini qayta ishlashga ishora qiladi.

Hozirda “Gemini"ning premium xizmatlari “Gmail” va “Google Docs” kabi boshqa “Google” onlayn mahsulotlarida mavjud.

Qayd etilishicha, an’anaviy “Google” qidiruv tizimi bepul bo‘lib qoladi, lekin reklamalar unda ham, obuna qidiruvida ham ko‘rsatiladi.

“Google"ning maxsus xizmatlari yillar davomida asosan bepul bo‘lib qoldi va ular butunlay reklama orqali moliyalashtirildi.

O‘tgan yil oxirida “Google” qidiruv va tegishli reklamalardan $175 mlrd daromad oldi.

“Google” o‘zining qidiruv algoritmlarini doimiy ravishda qayta ishlayotganini va hozircha bu borada hech qanday bayonot berishga tayyor emasligini ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” “OpenAI” “Google” bilan raqobatlasha oladigan qidiruv tizimini yaratmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, yangi qidiruv tizimi “Microsoft"ning “Bing” qidiruv tizimiga asoslangan holda ishlaydi.