O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy importchisi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda “APK-Inform” xabar bermoqda.
2023/2024-yillarning sentabr-fevral oylarida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,6 mln tonna bug‘doy yetkazib berdi, bu o‘tgan mavsumning shu davriga nisbatan (1,529 mln tonna) ko‘pdir.
Joriy yilning fevral oyida eksport hajmi so‘nggi to‘rt oydagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — qariyb 296 ming tonna. Taqqoslash uchun 2023-yil fevral oyida eksport hajmi biroz ko‘proq — 313,5 ming tonnani tashkil etdi.
O‘tgan yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importini besh yil ichida rekord darajaga ko‘targani haqida xabar berilgandi.
Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 3,88 mln tonnani tashkil etdi.
Bu 2022-yilgi ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pini tashkil etdi va oxirgi besh yilgi g‘alla mavsumi uchun rekord ko‘rsatkich edi.