Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
Bu haqda 6-aprel kuni prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning qarori qabul qilingan.
Unda Tojikistonning chet el pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilingani qayd etilgan.
Oldin Tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga 90 kun muddatga vizasiz borishlari mumkin edi. Endilikda buning uchun vizaga ariza topshirishlari kerak bo‘ladi.
Mart oyi boshida AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini uzaytirgandi. Shuningdek, B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirishda olinadigan $20 miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.