O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar mamlakat mehmonxonalarida amaliyot o‘tash yoki ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Nomzodlar turizm, mehmonxona yo‘nalishlarida kasb-hunar kolleji, texnikum yoki oliygoh diplomiga ega bo‘lishlari kerak.

Mehmonxona xizmatlari bo‘yicha tajriba va nemis tilidan kamida B1 sertifikat talab qilinadi.

Shuningdek, ariza beruvchilar 20−30 yosh oralig‘ida, sudlanmagan hamda jismonan sog‘lom bo‘lishlari zarur.

Ish haqi oyiga 1800 yevro (soliqlar ushlangandan keyin). Sinov muddati 3 oyni tashkil etadi.

Qabul qilinganlar Germaniya aeroportidan ish joyigacha bo‘lgan manzilga olib boriladi hamda turar-joy topishga yordam beriladi.

Nomzodlar 15-aprel kuni, soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq o‘zbekistonliklar Germaniyaga avtomobilsozlik sohasiga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.